MetaLink CRM'dagi lead holatlarini (malakali, sotildi) server orqali Meta'ga yuboradi. Algoritm klik yig'uvchilarni emas, xaridorlarni topishni o'rganadi — CPA pasayadi.
amoCRM
Lead: Sotildi ✓
MetaLink
hash + event_id
Meta CAPI
Purchase event
CRM va reklama platformalari bilan ishlaydi
Pixel ko'rmaydigan narsani CRM biladi — biz shu ma'lumotni algoritmga yetkazamiz.
amoCRM bitta tugma bilan OAuth orqali ulanadi — webhook avtomatik ro'yxatdan o'tadi. Dasturchi kerak emas.
Conversions API orqali to'g'ridan-to'g'ri serverdan: iOS cheklovlari, AdBlock va cookie muammolari ta'sir qilmaydi.
Har event deterministik event_id oladi — webhook qayta kelsa ham Meta hisobida duplikat conversion paydo bo'lmaydi.
CRM bosqichlari Lead, Purchase kabi standard eventlarga map qilinadi. Bosqich nomi o'zgarsa ham hisobot buzilmaydi.
Email va telefon SHA-256 bilan hashlanadi, telefonlar E.164 formatga keltiriladi — match darajasi yuqori bo'ladi.
Har bir eventning yo'li ko'rinadi: qabul qilindi, yuborildi, xato — hammasi jonli event logda.
Texnik bilim talab qilinmaydi.
"Connect amoCRM" tugmasini bosing va ruxsat bering. Webhook'ni biz o'zimiz sozlaymiz.
Meta Pixel/Dataset ID va tokenni qo'ying. Qaysi bosqich qaysi event bo'lishini dropdown'dan tanlang.
Leadlar bosqich almashganda eventlar avtomatik Meta'ga boradi. Dashboard'da hammasi jonli ko'rinadi.
MetaLink tez orada ishga tushadi. Hozir ariza qoldiring — ochilishda birinchi bo'lib xabar beramiz va dastlabki foydalanuvchilarga maxsus shartlar taqdim etamiz.
Yopiq beta yaqin haftalarda boshlanadi. Waitlist'dagi foydalanuvchilar birinchi bo'lib taklif oladi — joylar cheklangan.
Yo'q. amoCRM bir tugma bilan OAuth orqali ulanadi, Meta tomonda esa Events Manager'dan ID va tokenni nusxalab qo'yish kifoya. Butun jarayon 5 daqiqa.
Pixel faqat saytdagi harakatlarni ko'radi. MetaLink esa CRM'dagi haqiqiy natijani — lead malakali bo'ldimi, sotuv amalga oshdimi — serverdan yuboradi. Algoritm aynan shu signallar bilan xaridorlarni topishni o'rganadi.
Ha. Email va telefonlar Meta'ga yuborilishidan oldin SHA-256 bilan qaytarilmas hashlanadi. Tokenlar AES-256 bilan shifrlangan holda saqlanadi.
Hozir amoCRM → Meta Ads (Conversions API). Bitrix24, Google Ads va TikTok yo'l xaritasida — beta ishtirokchilari birinchi bo'lib oladi.